Mourinyo Ronaldu va Mbappening taqqosloviga javob berdi
«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyu Ispaniya chempionati 1-turidan qoldirilgan «Real Sosyedad»ga qarshi uchrashuvdagi 4:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng xet-trik qayd etgan Kilian Mbappeni alohida e’tirof etdi.
«Ronaldu yoki Mbappe? Men futbolchilarni taqqoslashni yoqtirmayman, ammo bu yigit ajoyib. U jahon chempionatlari tarixiga o‘z nomini yozib qo‘yganidan juda xursandman. Jahon chempioni bo‘lgan 25 nafar futbolchi bor, ammo futbol abadiyatida faqat bittasi qoladi — eng ko‘p gol urgan va tarixga kirgan futbolchi. U «Real» bilan birga ham tarixda o‘z nomini qoldirishga juda katta ishtiyoq bilan intilmoqda.
Men juda yaxshi jamoani ko‘rdim. Kilianni hisobga olmasak ham, birinchi bo‘limdagi qiyinchiliklarga qaramay, jamoa juda yaxshi harakat qildi. Biz jamoa bo‘lib o‘ynay oldik: kutdik, xotirjamlikni saqladik, ixcham harakat qildik. To‘p nazoratini qo‘lga kiritdik, ikkinchi bo‘limda esa o‘yin sur’atini yanada oshirdik», — dedi Mourinyu. Uning so‘zlarini AS nashri keltirdi.
Ayni paytda «Real» 6 ochko bilan La Liga turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. «Real Sosyedad» esa ochkosiz 20-o‘rinda bormoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/