Rasman: «Kristal Pelas» Disasini «Chelsi»dan ijaraga oldi

«Kristal Pelas» «Chelsi» markaziy himoyachisi Aksel Disasini 2026/27 yilgi mavsum uchun ijaraga olganini rasman tasdiqladi.

28 yoshli futbolchi 2022 yilgi jahon chempionati finaliga qadar yetib borgan Fransiya terma jamoasi tarkibida bo‘lgan.

Disasi professional faoliyati davomida 300 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan. U «Reyms» safida sovrin qo‘lga kiritgan, keyin uch mavsum «Monako»da to‘p surgan. 2023 yilda esa «Chelsi»ga o‘tib, klub bilan UYEFA Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqqan.

Shuningdek, himoyachi «Aston Villa» va «Vest Xem» klublarida ham ijara asosida to‘p surgan.

«Selxerst Park»da «Kristal Pelas»ga qarshi o‘ynash juda qiyin ekanini yaxshi bilaman. Endi esa qarshi tomonda emas, shu jamoa safida bo‘lishni intiqlik bilan kutyapman», — dedi Disasi.

Klub raisi Stiv Perish esa «Akseldek tajribali va yuqori saviyali himoyachi»ning janubiy London klubiga qo‘shilganidan mamnunligini bildirdi.

Disasi Angliya Premyer-ligasida 58 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Shuningdek, Fransiya terma jamoasi safida 5 ta o‘yin o‘tkazgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter