Flik: «Terzich — aniq tuzilmaga ega murabbiy»
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik «Atletik» ustozi Edin Terzich haqida fikr bildirdi.
«Men Terzichni juda yaxshi bilaman. U aniq tuzilmaga ega murabbiy. Unga oddiy futbol o‘ynash yoqadi. Uning uslubi «Atletik» falsafasiga juda mos keladi», — dedi Flik.
Terzich joriy yil may oyida «Atletik»ning yangi bosh murabbiyiga aylandi va 2028 yilgacha mehnat shartnomasini imzoladi.
27 avgust kuni «Barselona» Ispaniya La Ligasining birinchi turidan qoldirilgan o‘yinda o‘z maydonida «Atletik»ni qabul qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/