Perin «Yuventus» muxlislari bilan xayrlashdi
Darvozabon Mattia Perin sakkiz yillik faoliyatidan so‘ng Turinning «Yuventus» klubini tark etmoqda. U endi Sisiliyaning «Palermo» jamoasi sharafini himoya qiladi.
Perin «Yuventus» muxlislariga maxsus murojaat yo‘llab, klub bilan xayrlashdi.
«Shunday joylar bo‘ladiki, sen ulardan shunchaki o‘tib ketasan. Yana shunday joylar borki, sen u yerdan o‘tar ekansan, ular seni ham o‘zgartiradi. «Yuventus» men uchun aynan shunday joy bo‘ldi. Bugun ortga nazar tashlab, hozirgi inson sifatida shakllanishimda shu yillarning katta hissasi borligini tushunyapman», — deya Perinning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o‘tamiz, Perin avval «Jenoa» safida ham to‘p surgan. U «Yuventus»ga Janluiji Buffon klubni tark etganidan keyin kelib qo‘shilgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/