Mourinyo: «Muxlislar «Real»ni qo‘llab-quvvatlashini xohlayman»

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo muxlislarni mavsumdagi ilk uy o‘yinida jamoani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Madridliklar La Liga birinchi turining qoldirilgan o‘yinida «Real Sosyedad»ni qabul qiladi.

«Bu birinchi uy o‘yini, ammo o‘n to‘qqiztasidan faqat bittasi. Har bir ochko muhim. Maqsad – g‘alaba qozonish, shunga loyiq bo‘lgan raqibga nisbatan hurmatni saqlagan holda. Ular juda o‘ziga xos va ajoib tarkibga ega. Bizga muammolar tug‘dirishadi. «Espanyol»ga qarshi o‘yinda muxlislarning raqibni qo‘llab-quvvatlashini his qildik va ertaga ham muxlislarimiz tomonidan shunday bo‘lishiga umid qilamiz. Umid qilamanki, jamoa ham xuddi shunday g‘alaba ishtiyoqini, kayfiyatini, matonatni, kuchni va sovuqqonlikni namoyon etadi.

Men «Bernabeu» meni qandaydir alohida tarzda kutib olishini kutmayaman. Men muxlislardan o‘zlariga xos bor ehtirosi bilan jamoani qo‘llab-quvvatlashlarini istayman. O‘tgan mavsumda ular qiyin bosqichni boshidan kechirishdi. Hozir biz noldan boshmayapmiz.

Men eng muhim inson emasman. Men o‘z hissiyotlarimni boshqara olaman va oddiy deb bo‘lmaydigan o‘yinda o‘zimni normal tuta olaman, chunki o‘yinda uch ochko o‘ynalmoqda. Men jamoa o‘tgan mavsumdagidan boshqacha his qilishini xohlardim», – dedi Mourinyo.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter