«Barselona» Hamzaning tovon pulini oshirmoqchi
«Barselona» ikkinchi jamoa hujumchisi Hamza Abdulkarim bilan shartnomani yangilash bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar 18 yoshli misrlik futbolchi va uning vakillari bilan muzokara olib bormoqda. Klub Abdulkarimga yaxshilangan shartlarni taklif qilgan va amaldagi kelishuvdagi 15 mln yevrolik tovon puli bandini qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda. Hozircha tomonlar yakuniy kelishuvga erishmagan.
Abdulkarim mavsumoldi tayyorgarligida «Barselona» safida o‘zini ko‘rsatishga ulgurdi. U Joan Gamper kubogi doirasida sobiq jamoasi «Al-Ahli»ga qarshi o‘yinda gol urdi. Umuman, yosh forvard mavsumoldi uchrashuvlarida 5 ta o‘yinda 4 ta gol qayd etdi.
Shuningdek, misrlik futbolchi «Elche»ga qarshi La Liga bahsi uchun asosiy jamoa qaydnomasiga kiritildi, ammo maydonga tushmadi.
«Barselona» Hamzani o‘z kelajagi uchun istiqbolli futbolchilardan biri sifatida ko‘rmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/