«Milan» qahramoni Rabio uzaytirilgan ta’tili haqida gapirdi

Fransiyalik yarim himoyachi Adriyen Rabyo yana «Milan»ning asosiy qahramonlaridan biriga aylandi. U «Torino»ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushib, gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. «Milan» esa 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Rabyo bu o‘yindagi harakati bilan Jahon chempionatidan keyin ta’tili uzayib ketgani uchun uni tanqid qilganlarga munosib javob berganini ta’kidladi.

«Jahon chempionati biz uchun juda yaxshi o‘tdi — har doim ham yarim finalga chiqavermaysiz. Mayk Menyan bilan Amorimdan yana bir necha kun dam olishga ruxsat so‘radik va u rozi bo‘ldi. Nima uchun bu masala shunchalik katta bahsga aylanganini tushunmadim, ammo Italiyada doim shunday bo‘ladi. Murabbiy nimani xohlayotganini va mendan nimani kutayotganini tushundim. G‘alaba, gol va golli uzatmadan xursandman», — dedi Rabyo.

Eslatib o‘tamiz, Rabyo «Milan» safidagi ikkinchi mavsumini boshlamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter