Liga1. «Monako» yangi mavsumni «Gavr» ustidan g‘alaba bilan boshladi

Fransiya Liga 1 chempionatining 1-turidan o‘rin olgan «Gavr» — «Monako» uchrashuvi yakunlandi. «Osean» stadionida o‘tgan bahsda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol 14-daqiqada urildi. «Monako» himoyachisi Erik Dayer raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

O‘tgan mavsumda «Monako» Fransiya chempionatida 34 ta o‘yindan 54 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 7-o‘rinni egallagan. «Gavr» esa 35 ochko bilan 14-pog‘onadan joy olgan.

Keyingi turda «Gavr» 29 avgust kuni safarda «Lion»ga qarshi maydonga tushadi. «Monako» esa 30 avgust kuni o‘z maydonida «Marsel»ni qabul qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter