Trent hamon «Liverpul»ning barcha o‘yinlarini kuzatib boradi
Madridning «Real» klubi futbolchisi Trent Aleksander-Arnold hamon sobiq jamoasi «Liverpul»dagi voqealarni diqqat bilan kuzatib borishini tan oldi.
Angliyalik himoyachi o‘tgan yil yozi boshida «qizillar» safidan «qaymoqranglilar» safiga ko‘chib o‘tgandi.
«Men hamon «Liverpul»ning barcha o‘yinlarini tomosha qilaman, jamoani qo‘llab-quvvatlayman va unga doimo muvaffaqiyat tilayman. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, qalbimda «Liverpul» uchun hamisha alohida joy bo‘ladi.
Bu — mening uyim. Klub men uchun qilgan barcha ishni doimo qadrlayman», — dedi Aleksandr-Arnold Mirror nashriga bergan intervyusida.
Trent Madridga ko‘chib o‘tguniga qadar «Liverpul» safida 354 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 27 yoshli o‘ng qanot himoyachisining «Real» bilan shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/