Gattuzo «Lasio»ning Italiya Kubogidan sensasion tarzda chiqib ketganidan so‘ng uzr so‘radi
Rimning «Lasio» klubi Italiya Kubogining 1/32 finalida «Mantuya»ga o‘z maydonida kutilmaganda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Rimliklar yangi bosh murabbiy Jennaro Gattuzo qo‘l ostidagi ilk rasmiy o‘yindayoq B Seriya vakiliga imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.
«Biz jim bo‘lib, ishlashimiz kerak. Bu og‘ir zarba bo‘ldi — barcha mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman. B Seriya klubiga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdik, shu sababli muxlislardan uzr so‘raymiz», — dedi 48 yoshli murabbiy jurnalist Nikolo Skiraga.
Gattuzoning tayinlovi haqida iyun oyida e’lon qilingan edi — u ushbu lavozimda Maurisio Sarrining o‘rnini egallagan.
24 avgust kuni rimliklar A Seriyaning 1-turi doirasida safarda «Bolonya»ga qarshi maydonga tushadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/