Delap uchun kurashda peshqadam klub nomi ma’lum bo‘ldi
«Chelsi» hujumchisi Liam Delap «Everton»ga o‘tishi mumkin.
TEAMtalk xabariga ko‘ra, «Everton» 23 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha «Chelsi» bilan muzokaralar o‘tkazib bo‘lgan. London klubi oradan bir yil o‘tib jamoa rejalariga kirmay qolgan Delapni 46,8 million yevro (40 million funt) evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Ta’kidlanishicha, «Everton» forvard uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda, biroq unga «Manchester Yunayted», «Nottingem Forest» va «Nyukasl» kabi klublar tomonidan bo‘layotgan raqobatda yengib chiqish oson bo‘lmaydi.
O‘tgan mavsumda Delap barcha turnirlarni hisobga olgan holda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/