«Arsenal»da Subimendining kelajagi noaniqlashdi

Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Martin Subimendi jamoani tark etishi mumkin.

Ispaniyalik futbolchining ehtimoliy transferi haqidagi xabarlarga BBC jurnalisti Sami Mokbel izoh berdi.

«Yoz boshida «Arsenal» yarim himoya chizig‘i uchun rejalashtirilgan transferlar muvaffaqiyatli amalga oshsa, Subimendi bilan xayrlashishga harakat qilishi mumkinligi haqida eshitgandim. Hozir bu gaplar ancha kamaygan. Biroq Martinelli, Jezus va Nvaneri kabi futbolchilarni sotishdagi qiyinchiliklar klubni Subimendi bo‘yicha tushadigan takliflarni jiddiy ko‘rib chiqishga majbur qilishi mumkin», — dedi Mokbel.

Martin Subimendi o‘tgan yil yozida «Real Sosyedad»dan «Arsenal»ga 70 mln yevro evaziga o‘tgan edi.

27 yoshli yarim himoyachining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter