Romano: Suzuki so‘nggi lahzada «PSJ»ga o‘tishdan bosh tortdi

Italiyaning «Parma» klubi yapon darvozaboni Dzion Sudzukining «PSJ»ga transferi amalga oshmay qoldi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano o‘z Telegram-kanalida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar futbolchining 35 mln yevro evaziga transferi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan.

Hatto Suzukini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun Parijga olib kelish maqsadida «Parma»ga xususiy samolyot ham yuborilgan. Biroq yapon darvozaboni so‘nggi lahzada «PSJ»ga o‘tishdan bosh tortgan.

Romanoning ma’lum qilishicha, transferning buzilishiga futbolchi vakillari bilan muzokaralar jarayonida yuzaga kelgan muammolar va komissiya to‘lovlari bilan bog‘liq masalalar sabab bo‘lgan.

Zion Suzuki 2024 yildan beri «Parma» safida to‘p surib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u Italiya klubi uchun 22 ta o‘yinda maydonga tushgan va shularning 6 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter