Boks. Mirzaxalilovda chempionlik kamari, Asadullayev va Mamasoliyevda navbatdagi g‘alabalar!
Rossiyaning Naberejnie Chelni shahrida IBA.Pro 20 professional boks kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda xabar berganimizdek, 3 nafar vakilimiz ringga ko‘tarilib, barchasi g‘alaba qozondi.
Birinchi og‘ir vazn — 90,7 kg toifasida Halimjon Mamasoliyev (8-0, 7 KO) rossiyalik tajribali bokschi German Skobenko bilan 10 raundlik jang o‘tkazdi. Jang yakunida hakamlarning bir ovozdan bergan qaroriga ko‘ra, vakilimiz g‘alabaga erishdi.
55,3 kg vazn toifasida esa Mirazizbek Mirzaxalilov (5-0, 4 KO) IBF European chempionlik kamari uchun mezbonlar vakili Chingiz Natirov (10-0, 5 KO)ga qarshi ringga chiqdi. 4 raunddan so‘ng rossiyalik bokschi jangni davom ettira olmadi va Mirzaxalilov texnik nokaut bilan g‘alaba qozonish barobarida chempionlik kamariga ham ega chiqdi!
Shuningdek, yarim o‘rta vazn — 66,7 kgda Havasbek Asadullayev (8-0, 5 KO) rossiyalik Sergey Lubkovich (20-0-2, 12 KO)ga qarshi 10 raundlik bahsda ishtirok etib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, uch nafar vakilimizning barchasi IBA.Pro 20 kechasini g‘alaba bilan yakunlab, professional ringdagi muvaffaqiyatli odimlarini davom ettirishdi.
Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/