«Milan» sobiq futbolchisi klubning Italiya chempioni bo‘lishiga ishonmoqda
Italiyaning «Milan» klubi sobiq futbolchisi Alberigo Evani jamoa kelasi mavsumda Skudetto uchun jiddiy kurash olib borishi mumkin, deb hisoblamoqda.
«Rossonerilar» yangi mavsumni yangi bosh murabbiy bilan boshlaydi. Klubga yana portugaliyalik mutaxassis kelgan va bu safar jamoani Ruben Amorim boshqaradi.
«Milan» Skudettoni qo‘lga kirita oladi, chunki jamoada mustahkam asos bor. O‘tgan mavsumgi tarkibning asosiy qismi saqlanib qoldi, unga Gonsalu Ramush, Xila va Divara qo‘shildi. Menimcha, yana yangi transferlar bo‘ladi va ular jamoani yanada raqobatbardosh qiladi», — deya Evani so‘zlarini pianetamilan.it keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, A Seriyaning yangi mavsumi bir haftadan so‘ng start oladi. «Milan» 1-turda «Torino»ga qarshi maydonga tushadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/