Mareska Angliya Superkubogi haqida gapirdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Angliya Superkubogi u uchun qanday ahamiyatga ega ekani haqidagi savolga javob berdi.

«Men uchun shaxsan bu — sovrin. Qachonki maydonda kubok va final o‘yini turgan bo‘lsa, har doim g‘alaba qozonishga harakat qilasan. Shu bolaylik, bu umuman o‘rtoqlik o‘yini emas. Bu — biz qo‘lga kiritishga harakat qiladigan sovrin. Mavsumning ilk kubogini yutishni xohlaymiz», — dedi Mareska jurnalistlarga.

Angliya Superkubogi uchun kechadigan bahsda «Manchester Siti» mamlakat chempioni — «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 16 avgust kuni Kardiff shahrida bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter