«Barselona» Arauxoga o‘rinbosar topdi
«Betis»ning markaziy himoyachisi Natan faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda TNT Sports BR xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Barselona» ketgan Ronald Arauxoning o‘rnini to‘ldirish uchun 25 yoshli braziliyalik futbolchini sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. «Ko‘k-anorranglilar» allaqachon «Betis» bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan.
O‘tgan mavsumda Natan barcha turnirlarni hisobga olgan holda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Natanning «Betis» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt internet-portali mutaxassislari himoyachining bozor qiymatini 25 million yevroga baholashmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/