«Arsenal» Kundega e’tibor qaratdi

«Barselona» himoyachisi Jyul Kunde Londonning «Arsenal» klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Diario Sport nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «kanonirlar» 27 yoshli fransuz transferiga jiddiy qiziqish bildirishmoqda. Kunde «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Artetaga juda ma’qul kelmoqda, ammo klub hozircha muzokaralarda sezilarli ilgarilashga erishgani yo‘q.

Ta’kidlanishicha, «Barselona» qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj sezayotgani sababli himoyachi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor, ammo Kundening o‘zi Kataloniya grandini tark etishni xohlamayapti va amaldagi shartnomasiga (2030 yilgacha) muvofiq jamoada qolishni istaydi.

O‘tgan mavsumda Kunde barcha turnirlarni hisobga olgan holda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter