Lui van Gaal yana Niderlandiyani boshqarishi mumkin
Mashhur gollandiyalik murabbiy Lui van Gaal Niderlandiya Qirollik Futbol Assosiasiyasi (KNVB) bilan milliy terma jamoaga murabbiylik qilish haqida muzokaralar olib borishga tayyor, deya xabar beradi De Teleegraf.
Uning hozirgi sog‘lig‘i ishlashga imkon beradi, ammo terma jamoaga qaytish uning asosiy maqsadi emas. Agar Niderlandiya futbol assosiasiyasi xohlasa, u muzokaralarga ochiq. Van Gaal terma jamoaning aksariyat tarkibi bilan tanish va xalqaro turnirlarni faol kuzatib boradi, deyiladi xabarlarda.
Lui van Gaal ilgari Niderlandiya terma jamoasini 2000-2001-yillarda, 2012-2014-yillarda va 2021-2022-yillarda boshqargan.
2014-yilgi jahon chempionatida u Niderlandiya terma jamoasi bilan 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/