«Liverpul» Soboslai borasida yakuniy qarorga keldi

Vengriyalik yarim himoyachi Dominik Soboslai yozgi transfer oynasida «Liverpul»ni tark etmaydi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, boshqa klublar tomonidan bo‘layotgan qiziqishlarga va jamoa yarim himoyasida kutilayotgan katta o‘zgarishlarga qaramay, mersisaydliklar 25 yoshli futbolchini sotib yuborish fikridan yiroq.

Ma’lum bo‘lishicha, «Real», «Barselona», «Bavariya» va «PSJ» klublari Soboslaini «Liverpul»dan sotib olish istagini bildirishgan. Biroq, manbaga ko‘ra, Angliya grandi yaqin orada futbolchi bilan amaldagi shartnomani uzaytirish niyatida.

Ortda qolgan 2025/26 yilgi mavsumda Soboslai barcha musobaqalarni inobatga olgan holda jami 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Xavbekning «Liverpul» bilan ayni paytdagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter