Kuarejma Portugaliya terma jamoasi hujumchisiga murojaat yo‘lladi
Portugaliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Rikardu Kuarejma milliy jamoa hujumchisi Joau Felishga qarata o‘z so‘zlarini aytdi.
«Men hali ham senga ishonaman. Murabbiydan seni o‘yinga tushirishini so‘ra. Ana o‘shanda keyingi bahsda g‘alaba qozona olamizmi-yo‘qmi, ko‘rib olamiz», — deya Kuarejmaning so‘zlarini keltirmoqda A Bola nashri.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi ilk turida Portugaliya terma jamoasi DR Kongo bilan kutilmaganda 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Felish ushbu uchrashuvda maydonga tushmadi va bahsni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.
Portugaliya terma jamoasi mundialdagi navbatdagi uchrashuvini 23 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/