Gana terma jamoasi Jahon chempionatlaridagi 241 daqiqalik golsiz seriyasiga chek qo‘ydi
Gana milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati final bosqichi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Panamaga qarshi uchrashuvda (1:0) g‘alaba qozondi.
Bu gol evaziga Gana futbol bo‘yicha Jahon chempionatlaridagi 241 daqiqadan beri davom etayotgan golsiz seriyasini tugatdi. Bu jamoaning 2006 yildan 2010 yilgacha bo‘lgan davrdan keyingi eng uzoq davom etgan golsiz seriyasi edi. O‘shanda Gana terma jamoasi mundiallarda qatorasiga 233 daqiqa davomida (2006 yil 22 iyundan 2010 yil 13 iyungacha) raqiblar darvozasini ishg‘ol eta olmagan edi.
Ayni paytda Gana terma jamoasi 3 ochko bilan JCH-2026 «L» guruhi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa navbatdagi uchrashuvni 23 iyun kuni Angliya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/