«Liverpul» Bundesliga futbolchisi uchun poygada «MYU»dan oldinda

«Xoffenxaym» vingeri Bazumana Ture yozgi transferlar oynasida «Liverpul»ga o‘tishi mumkin, deb yozadi TeamTalk.

Ta’kidlanishicha, «Liverpul» o‘tgan mavsumni Bundesligada juda sermahsul o‘tkazgan 20 yoshli futbolchi uchun kurashda «Manchester Yunayted»dan oldinda bormoqda. Uning hisobida 5 ta gol va 12 ta golli uzatma mavjud.

Kot-d’Ivuar terma jamoasi safida allaqachon oltita o‘yin o‘tkazgan vinger «Liverpul» uchun uzoq muddatli variant sifatida ko‘rilmoqda, biroq «Manchester Yunayted» ham hamon futbolchiga da’vogarlik qilmoqda.

«Xoffenxaym» Ture uchun 43,1 million funt sterling olmoqchi. Futbolchiga, shuningdek, «Aston Villa», «Nyukasl», «Brayton», «Brentford» va «Arsenal» klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter