Slot «Fulxem»ning taklifini rad etdi
Arne Slot «Fulhem» klubi bosh murabbiyi bo‘lishdan bosh tortdi. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.
Yakunlangan mavsumda APLda 11-o‘rinni egallagan klub niderlandiyalik mutaxassisga hamkorlik taklifi bilan murojaat qildi, biroq kelishuvga erishilmadi.
Manbalarning ma’lumotiga ko‘ra, Slot o‘z faoliyatini davom ettirish uchun istiqbolliroq variantni kutmoqda. Xususan, u jahon chempionatidan so‘ng Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Hozirda «zarg‘aldoqlar»ga Ronald Kuman boshchilik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Slot 2024-2026 yillarda «Liverpul» bosh murabbiyi bo‘lgan. Uning qo‘l ostida mersisaydliklar Angliya chempionligini qo‘lga kiritishgan.
Manba: www.euro-football.ru
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/