Eden Azar 2026 yilgi JCH favoritlarini sanadi
Eden Azar Belgiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida kutilmagan natija qayd etishiga umid bildirdi. Belgiyaliklar guruh bosqichida Misr, Eron va Yangi Zelandiya jamoalari bilan kuch sinashadi.
«Menimcha, jahon chempionatida Ispaniya yoki Fransiya g‘olib chiqadi. Yoki Angliya… Umid qilamanki, Belgiya syurpriz taqdim etadi.
Ehtimol, Portugaliya [g‘olib chiqar], chunki unga mening yaqin do‘stim Roberto [Martines] murabbiylik qilmoqda», – dedi Belgiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/