«Barselona» yarim himoyachisiga 20 million yevro narx belgiladi

Kataloniyaning «Barselona» klubi yozgi transferlar vaqtida Mark Kasadoni sotishga tayyor.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» 22 yoshli futbolchini 20 million yevro evaziga qo‘yib yuboradi.

Kasado Transfermarkt portalida ham 20 millionga baholangan. U ortda qolgan mavsumda 34 ta o‘yinda 1 ta assist muallifi bo‘ldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter