Saliba YECHL finalidagi mag‘lubiyatdan keyin: «Biz yanada kuchliroq qaytamiz»
«Arsenal» himoyachisi Vilyam Saliba ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi. Shanba kuni jamoa Chempionlar ligasi finalida «PSJ»ga imkoniyatni boy berdi, yakshanba kuni esa 22 yillik tanaffusdan keyin qo‘lga kiritilgan chempionlik unvoni sharafiga o‘tkazilgan paradda ishtirok etdi. Saliba paraddan bir nechta suratlarni, shuningdek, kumush medal bilan Chempionlar ligasi kubogi yonidan o‘tib ketayotgan suratini joylashtirdi.
«Biz birgina lahza butun yo‘limizni belgilab qo‘yishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Bu mavsum biz birgalikda qanchalik oldinga siljiganimizni ko‘rsatdi: mehnat, ishonch va birdamlik. 22 yildan so‘ng biz chempionlik unvonini unga munosib bo‘lgan joyga — o‘zimizga qaytardik. Kelasi mavsumni yanada kuchliroq va g‘alabaga chanqoq holda boshlaymiz. Biz kattaroq maqsadlar sari olg‘a boramiz», — deb yozdi Saliba.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi finalida «Arsenal» penaltilar seriyasida «PSJ»ga mag‘lub bo‘ldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/