Otamendi: «Argentinaga qaytishni har doim orzu qilganman»

Argentinalik tajribali himoyachi Nikolas Otamendi o‘z vataniga qaytishga qaror qildi va «River Pleyt» futbolchisiga aylandi. U klub bilan 2027 yilning oxirigacha shartnoma imzoladi. Janubiy Amerikada o‘yinlar «bahor-kuz» tizimida o‘tkazilgani sababli, shartnomalar odatda mavsumlarga emas, yillarga qarab tuziladi.

«River Pleyt» muxlisi sifatida bu men uchun tushimning amalga oshishidir. Ushbu stadionda tezroq maydonga tushishni intizorlik bilan kutyapman. Men uchun bu dunyodagi eng yaxshi libos. Oilam har doim «River Pleyt»ga muxlislik qilgan», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Eslatib o‘tamiz, Nikolas Otamendi Yevropaning «Valensiya», «Portu», «Manchester Siti» va «Benfika» kabi nomdor klublarida to‘p tepgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter