«Barselona»ga Bernal kerakmi? Yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

«Barselona»ning 19 yoshli yarim himoyachisi Mark Bernalning kelajagi borasida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Diario SPORT nashri xabariga ko‘ra, «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning yarim himoya chizig‘ida Gavi, Pedri va de Yong kabi yulduzlar borligiga qaramay, Bernalga katta ishonch bildirmoqda.

Ta’kidlash joizki, Bernal Ispaniya chempionatining so‘nggi uchta o‘yinida maydonga asosiy tarkibda tushgan. Yarim himoyachi o‘tgan mavsumda jami 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bernalning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining transfer qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter