Andrea Pirlo: «Menimcha, bu ajoyib final bo‘ladi»
«Milan», «Yuventus» va Italiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Andrea Pirlo «PSJ» va «Arsenal» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi finali haqida o‘z mulohazalarini bildirdi.
«Menimcha, bu ajoyib final bo‘ladi. «PSJ» biroz ustunlikka ega, chunki ular bunday finallarda o‘ynashga ko‘proq o‘rganishgan. Biroq «Arsenal»da ham imkoniyat bor. Mikel Artetaga kelsak, u juda katta ish qildi. Bu yil Premyer-ligada g‘olib chiqib, Chempionlar ligasi finaliga chiqqani uchungina emas, balki u bir necha yil oldin aniq bir o‘yin uslubiga ega bo‘lgan yosh jamoani qurishni boshlagani va hozir o‘z mehnatining samarasini ko‘rayotgani uchun ham maqtovga loyiq», — deya ta’kidladi Pirlo.
«PSJ» va «Arsenal» o‘rtasidagi final 30 may kuni Budapeshtda (Vengriya) bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/