Lamin Yamal eng yaxshi futbol namoyish etayotgan terma jamoani aytdi

«Barselona» vingeri Lamin Yamal bo‘lajak Jahon chempionati ishtirokchilari orasida kim eng yaxshi futbol ko‘rsatayotgani haqida fikr bildirdi.

«Menimcha, Ispaniya terma jamoasi barchadan ko‘ra yaxshiroq futbol o‘ynamoqda. Har doim aytib kelganimdek, bizda eng kuchli yoshlar akademiyalari bor. O‘yin uslubi haqida gap ketganda, men uchun aniqki, bizning futbol eng jozibalisidir», — deya ispaniyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi mahalliy OAV.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter