Florentino Peres Joze Mourinyo haqidagi savolga javob berdi
Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres Joze Mourinyoning klubga qaytishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Ko‘pchilik Peres bo‘lajak saylovlarda g‘alaba qozonsa, portugaliyalik mutaxassisni jamoaga bosh murabbiy etib tayinlashiga ishonmoqda.
«Yaxshi murabbiy jamoamizni ishlashga majbur qiladi, chunki bizda dunyodagi eng yaxshi futbolchilar bor. Mourinyomi? U juda yaxshi murabbiy», – deya Peresning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Joze Mourinyoning «Benfika» bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi, biroq uning Lissabon klubida qolishi haqiqatga yaqin emas. «Real» prezidenti saylovlari 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Peresning bu saylovdagi yagona raqibi – Enrike Rikelme.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/