Germaniya klubi Glasner bilan muzokaralarni boshladi

«Kristal Pelas»ni tark etayotgan avstriyalik mutaxassis Oliver Glasner faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «Bayer» rahbariyati murabbiy bilan ehtimoliy hamkorlik borasida muzokaralarni boshlab yuborgan. O‘tgan mavsumda Leverkuzen jamoasi turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egalladi. «Bayer» 59 ochko to‘plab, Yevropa Ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Qo‘shimcha qilish joizki, kuni kecha Glasner «Kristal Pelas» bilan Konferensiyalar ligasi g‘olibiga aylandi. Final uchrashuvida «burgutlar» Ispaniyaning «Rayo Valyekano» jamoasini minimal hisobda (1:0) mag‘lubiyatga uchratdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter