Maktomineyning rasmi Shotlandiya banknotalarida tasvirlanadi

Shotlandiya banki rasmiy sayti orqali «Napoli» yarim himoyachisi Skott Maktominey tasviri tushirilgan cheklangan miqdordagi banknota chiqarilishini e’lon qildi.

Ushbu banknota futbolchi bilan hamkorlikda va shotlandiyalik rassom-illyustrator Keti Smit tomonidan yaratilgan. U Shotlandiya futbol tarixidagi muhim voqeaga bag‘ishlangan.

20 funtlik banknotada Maktomineyning Daniya terma jamoasi darvozasiga JCH-2026 saralashining so‘nggi o‘yinida qaychi zarba bilan urgan goli tasvirlangan. O‘sha gol Shotlandiyaga Jahon chempionati yo‘llanmasini ta’minlagan edi.

Manba: sport24.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter