Diyego Simeone Xulian Alvaresning kelajagi haqida: «U allaqachon qaror qabul qilib bo‘lgan»

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone hujumchi Xulian Alvaresning klubdagi kelajagi borasidagi savolga sirli javob qaytardi. «Matraschilar» so‘nggi turda «Vilyarreal»ga qarshi kechgan muhim bahsda yirik hisobda mag‘lub bo‘lib (1:5), turnir jadvalidagi uchinchi o‘rinni raqibiga boy berib qo‘ydi.

O‘yin yakunida jurnalistlar murabbiydan «Barselona», «Arsenal» va «PSJ» kabi klublarning nishoniga aylangani aytilayotgan Alvaresning ehtimoliy ketishi haqida izoh so‘rashdi.

«Bu haqda undan so‘raganingiz ma’qul. O‘ylashimcha, Xulian allaqachon qaror qabul qilib bo‘lgan», — deya Simeonening so‘zlarini keltiradi Atletico Universe.

Alvaresning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan, Transfermarkt portali esa uning bozor qiymatini 90 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter