Maguayrning onasi o‘g‘lining JCH-2026 qaydnomasidan tushib qolganiga keskin munosabat bildirdi

«Manchester Yunayted» klubi himoyachisi Xarri Maguayrning onasi Zoui Maguayr o‘g‘lining Angliya terma jamoasining JCH-2026 uchun yakuniy tarkibiga kiritilmagani haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

«Mutlaqo jirkanchlik», — deb yozib qoldirgan Maguayr xonim.

Shuningdek, u o‘g‘lining ijtimoiy tarmoqdagi ushbu vaziyatga bag‘ishlangan posti ostida ham o‘z fikrini qoldirgan.

«Sen bundan ortig‘ini qila olmasding. Boshingni egma… Bu shunchaki sharmandalik», — deya qo‘shimcha qilgan Zoui Maguayr.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter