Top-5 ligalardagi ilk ayol murabbiy ketdi: «Union»ni endi kim boshqaradi?

Mauro Lustrinelli «Union» erkaklar jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Bundan avvalroq, Mari-Luize Eta berlinliklar erkaklar jamoasi boshqaruvidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazgan edi. Top-5 ligalar tarixidagi ilk ayol murabbiy qo‘l ostida klub 2 ta g‘alaba, 1 ta durang va 2 ta mag‘lubiyatni qayd etdi. Kelasi mavsumdan boshlab Eta «Union»ning ayollar jamoasini boshqaradi.

50 yoshli shveysariyalik mutaxassis (Lustrinelli) ilgari «Tun» klubida turli lavozimlarda ishlagan, 2018 yilda esa Shveysariya U-21 yoshlar terma jamoasini boshqarib, uni ikki bor Yevropa chempionatiga olib chiqqan.

2022 yilda Lustrinelli «Tun» klubiga endilikda bosh murabbiy sifatida qaytdi. Uning qo‘l ostida jamoa yuqori divizion — Superligaga yo‘llanma oldi va Shveysariya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Yangi murabbiy Berlin klubiga o‘zining murabbiylar shtabi bilan birga tashrif buyuradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter