Garnacho «Manchester Siti» bilan bo‘lajak kubok finali haqida gapirdi
«Chelsi» vingeri Alexandro Garnacho Angliya Kubogi finali doirasida «Manchester Siti»ga qarshi kechadigan bo‘lajak bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv bugun «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tadi va unga Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start beriladi.
«Bizni juda muhim o‘yin kutmoqda, barcha hayajonda. Biz hamma narsani to‘g‘ri bajarishga harakat qilamiz va umid qilamanki, klub uchun yana bir sovrinni qo‘lga kirita olamiz», – deya Alexandro Garnachoning so‘zlarini keltirmoqda «Chelsi» matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, ikki yil avval argentinalik futbolchi «Manchester Yunayted» tarkibida ushbu turnir g‘olibiga aylangan edi – o‘shanda finalda aynan «shaharliklar» mag‘lub etilgan (2:1) va gollardan biriga Garnachoning o‘zi mualliflik qilgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/