«Atletiko» Grizmanning ketishiga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda? Klub sport direktori javob berdi
Madridning «Atletiko» klubi sport direktori Mateu Alemani jamoa hujumchisi Antuan Grizmannga o‘rinbosar izlash masalasi haqidagi savolga javob berdi. «Matraschilar»ning yulduzi allaqachon «Orlando Siti» bilan shartnoma imzolagan — fransuzning transferi shu yilning yozida amalga oshadi.
«Antuanning o‘rnini to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘ldirib bo‘lmaydi — xuddi shunday futbolchini topishning iloji yo‘q. Jamoaga zarar yetmasligi uchun biz muqobil variantlarni qidirishimizga to‘g‘ri keladi. Bu bo‘yicha allaqachon ba’zi g‘oyalarimiz bor. Rejalarimiz bosh murabbiyning qarashlariga to‘liq mos keladi», — deya Alemanining so‘zlarini keltiradi Atletico Universe.
Ma’lumot o‘rnida, Diyego Simeone shogirdlari hozirda La Liga turnir jadvalida to‘rtinchi pog‘onani egallab turibdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/