Batrakovning Bundesliga va APLga o‘tishi imkonsiz deb hisoblanmoqda
Futbol agenti Vladimir Kuzmichyov «Lokomotiv» va Rossiya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Aleksey Batrakovning Angliya hamda Germaniya chempionatlariga ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.
«Alekseyning Bundesliga va APLga o‘tishi istisno qilinadi. Bugungi kunda ularning bizga bo‘lgan munosabati shunday — bu nafaqat Rossiya klublariga, balki umuman millatga bo‘lgan munosabat bilan bog‘liq», — deya agentning so‘zlarini keltiradi «Match TV».
Joriy mavsumda 20 yoshli Batrakov 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining bozor qiymati 25 million yevroga baholanmoqda. Uning «temiryo‘lchilar» bilan shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/