Italiya Superkubogi manzili o‘zgaradi: Saudiya Arabistoni varianti bekor qilindi
A Seriya prezidenti Luidji De Syervo 2026/27 yilgi mavsumda Italiya Superkubogi Saudiya Arabistonida o‘tkazilmasligini tasdiqladi. Musobaqa mezbonligi uchun asosiy nomzodlar sifatida AQSH va Italiya ko‘rilmoqda.
Avvalgi musobaqa Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan edi va shartnomaga ko‘ra, tashkilotchilarda keyingi turnirni ham o‘sha yerda o‘tkazish huquqi bor edi. Biroq, ko‘rinishidan, ular bu banddan foydalanmaslikka qaror qilishgan, shu sababli Superkubok boshqa mamlakatda o‘tadi.
«Bu murakkab masala, bizda ma’lum shartnomalar bor va shuni ayta olamanki, turnir Saudiya Arabistonida bo‘lmaydi. AQSHda o‘ynash g‘oyasi bor, shuningdek, yana bir xalqaro variant hamda bir yil davomida musobaqani Italiyaning o‘zida o‘tkazish varianti mavjud», — deya A Seriya rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda GR Parlamento Radio RAI.
Italiya Superkubogi yana «to‘rtlik finali» formatida o‘tkazilishi kutilmoqda. Unda amaldagi chempion va Italiya Kubogi sohibidan tashqari, A Seriyaning ikkinchi jamoasi va o‘tgan mavsumdagi Kubok finalchisi ishtirok etadi.
2025 yil dekabr oyida o‘tkazilgan musobaqada «Napoli» g‘olib chiqqan edi, o‘shanda neapolliklar finalda «Bolonya» bilan to‘qnash kelishgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/