«El-klasiko»lardagi g‘alabalar soni bo‘yicha ko‘rsatkichlar tenglashdi

«Barselona» va «Real» o‘rtasidagi qarama-qarshilikda muvozanat o‘rnatildi.

La Liganing 35-turida Xansi Flik shogirdlari madridliklarni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Bu kataloniyaliklarning rasmiy «el-klasiko»lardagi 106-g‘alabasi bo‘ldi. «Real» hisobida ham aynan shuncha g‘alaba mavjud. Shuningdek, jamoalar 52 bor durang qayd etishgan.

Shu bilan birga, to‘plar nisbati bo‘yicha poytaxt klubi hamon oldinda – 444 ga 441.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter