Paulo Dibala «Roma»da qolishni istamoqda, biroq klub unga shart qo‘ydi

Argentinalik hujumchi Paulo Dibalaning «Roma»dagi kelajagi borasida yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.

Xabar qilinishicha, «rimliklar» hujumchi bilan hamkorlikni 2027 yilga qadar uzaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Biroq «Roma» rahbariyati yangi shartnomada futbolchining yillik maoshini sezilarli darajada kamaytirish niyatida. Dibalaning o‘zi esa Rim klubida qolish istagini bildirgan.

Shu bilan birga, Argentinaning «Boka Xuniors» klubi futbolchining atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Hozircha «Boka» tomonidan rasmiy taklif tushmagan bo‘lsa-da, ular Dibala uchun kurashda davom etmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter