Konte: «Ikkinchi bo‘limda o‘yinni kuchaytira oldik»

Italiya chempionatining 35-turida «Napoli» «Komo»ni mag‘lub eta olmadi, jamoalar golsiz durang qayd etishdi. Neapolliklar ustozi Antonio Konte bu natijadan ancha mamnun ko‘rinadi.

«O‘yin yaxshi o‘tdi, chunki «Komo»ga qarshi yomon o‘ynasangiz, natija ham juda yomon bo‘ladi. Ular ham jadvalda bizga yaqin yurishibdi va Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashmoqda. Birinchi bo‘limda bo‘shashdik, kerakli bosimni o‘tkaza olmadik. Ikkinchi bo‘limda esa vaziyatlarimiz ko‘paydi, o‘yinni kuchaytirdik», — deya Kontening so‘zlarini keltirmoqda calcionapoli1926.it.

Keyingi turda «Napoli» «Kremoneze»ga qarshi maydonga tushadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter