Fabregas «Napoli» bilan durangdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

Ispaniyalik mutaxassis Sesk Fabregas Italiyaning amaldagi chempioni — «Napoli»ga qarshi qayd etilgan golsiz durangdan unchalik mamnun emasligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa bundan ko‘prog‘iga erishishi mumkin edi.

«Hisobdan qoniqdimmi? O‘yinchilarimning mahorati va ambisiyalarini hisobga olsak, o‘zimni qoniqqan deb ayta olmayman. Biz raqibdan ko‘ra ko‘proq vaziyat yaratdik va imkoniyatlarimiz ham ko‘proq edi. Ko‘p marta to‘pni olib qo‘yishga erishdik, bu ham yaxshi ko‘rsatkich. Ammo umuman olganda, bu bahs butun mavsum davomidagi men unchalik mamnun bo‘lmagan beshta o‘yin qatoriga kiradi», — deya Fabregasning so‘zlarini keltirmoqda calcionapoli1926.it.

Ayni damda «Komo» Italiya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter