Arteta «Arsenal»ni tashqi bosimdan qanday himoya qilayotganini aytdi

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta APL chempionligi uchun kurash bilan bog‘liq stressni qanday yengib o‘tishi haqidagi savolga javob berdi. Hozirda London klubi 34 o‘yindan so‘ng 73 ochko to‘plagan holda chempionat jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

«Futbolchilik faoliyatim davomida turli xil fikrlarni, ayniqsa, bizga yaxshilik istamaydigan insonlarning fikrlarini ko‘p o‘qimasdim.

Qachonki kimdir menga yaxshilik tilab o‘z fikrini bildirsa, men bunga ochiqman. Lekin men o‘sha inson bizga, jamoamizga va klubimizga chin dildan eng yaxshi tilaklarni bildirayotganini his qilishim kerak. Agar bu samimiy bo‘lsa, bu juda ajoyib. Ammo kimdir hech qanday maqsadsiz senga zarar yetkazmoqchi bo‘lsa, menimcha, u sening vaqtingga arzimaydi», — dedi Mikel Arteta.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter