«Liverpul» o‘z tarbiyalanuvchisini sotib yuborishi kutilmoqda

«Liverpul» yozgi transfer oynasida yarim himoyachi Kyortis Jons bilan xayrlashishi mumkin.

Ingliz futbolchisining shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarida yakuniga yetadi, uni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar esa muvaffaqiyat keltirmadi. Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, 25 yoshli futbolchining yaqinlashayotgan mavsumlar oralig‘ida jamoani tark etish ehtimoli ancha yuqori. Unga qishda ham da’vogarlik qilgan Milanning «Inter» klubi qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Premyer-liganing bir nechta nomi oshkor etilmagan klublari ham ushbu poygada ishtirok etmoqda.

Kyortis Jonsning qiymati Transfermarkt portali tomonidan 35 million yevroga baholangan. Joriy mavsumda xavbek «Liverpul» safida barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol va uchta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter