«Atletiko» sport direktori: «Evropada bunday vaziyatlar uchun penalti belgilanmaydi»

Madridning «Atletiko» klubi sport direktori Mateu Alemani Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi Londonning «Arsenal» jamoasiga qarshi o‘yindagi hakamlik haqida o‘z fikrini bildirdi.

Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi — har ikki gol ham penaltidan kiritildi. 44-daqiqada Viktor Dyokeresh zarbada adashmagan bo‘lsa, 56-daqiqada Xulian Alvares ajralib turdi.

«Arsenal» foydasiga belgilangan penalti biznikiga qaraganda ancha bahsli edi. Juda yengil kontakt — Yevropada odatda bunday vaziyatlar uchun penalti berilmaydi. Ammo hakam nuqtaga ishora qilishi bilan VAR bu qarorni bekor qilmasligini tushundim. Afsuski, bugun shunchaki omadimiz kelmadi», — deya Ispaniya OAVlari Alemanining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Keyingi seshanba kuni «Emireyts» stadionida javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter