«Bavariya» himoyachisi «PSJ»ga qarshi bahslarni o‘tkazib yuboradi

«Bavariya»ning chap qanot himoyachisi Rafael Gerreyru Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi «Pari Sen-Jermen»ga qarshi bahslarda jamoasiga yordam bera olmaydi.

32 yoshli futbolchi jarohati sabab safdan chiqqan va parijliklar bilan bo‘ladigan har ikki uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda. Bundesliganing shanba kuni «Mayns»ga qarshi kechgan o‘yinida jamoa ustozi Vensan Kompani portugaliyalik futbolchini 57-daqiqada zaxiraga olishga majbur bo‘lgan edi.

«Bavariya» va «PSJ» o‘rtasidagi ilk to‘qnashuv seshanba kuni, 28 aprel (ertaga) Parijda bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yini esa 6 may kuni Myunxenda o‘tkaziladi. Ushbu juftlik g‘olibi finalda Londonning «Arsenal» yoki Madridning «Atletiko» jamoalaridan biri bilan kuch sinashadi. Ma’lumot uchun, Rafael Gerreyru joriy mavsumda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter