«Chelsi» uch oydan beri darvozasi daxlsizligini saqlay olmayapti

Londonning «Chelsi» klubi Angliya Premyer-ligasida himoyalanish borasida o‘ta og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqda. Jamoa qatorasiga uch oydan beri chempionat doirasidagi o‘yinlarda gol o‘tkazib kelmoqda.

Liam Rosenyor shogirdlari APLning 34-turida «Brayton»ga yirik hisobda (0:3) imkoniyatni boy berishdi. Bu londonliklar uchun chempionatdagi qatorasiga 12-o‘yin bo‘ldiki, unda darvoza daxlsizligi saqlab qolinmadi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bu «aristokratlar» uchun XXI asrdagi eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi. Premyer-liga tashkil etilgandan beri esa bu borada ikkinchi eng salbiy seriya sifatida qayd etildi. Klub antirekordi 1996/97 yilgi mavsumda o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda «ko‘klar» ketma-ket 13 ta o‘yinda gol o‘tkazishgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter